• Muallif: Ахмад Ходий Максудий
• Sahifalar soni: 255
• Muqovasi: Yumshoq
• O'lchami: 165х245 мм
Alloh taoloning kalomi Qur’oni karim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kalomlari, sunnatlari va hadislari insoniyat uchun shifodir. Bu shifobaxsh hadislarni bizga yetkazgan aziz olimlar dorixona egalaridir. Dorilarni ko‘rsatib, kitoblarga yozib qo‘yardilar. Bu eng buyuk, eng shifobaxsh dorini o‘z o‘rnida ishlata bilish oson ish emas, buni har kim ham uddalayvermaydi. Ma’lumki, odam kasal bo‘lib qolsa, savodli bo‘lsa ham, dorixonadan o‘zi dori tanlay olmaydi va tabibga murojaat qiladi. Shuning uchun biz hadislarni dori deb bilsak, mazhab imomlarini dori bilimdonlari deb hisoblaymiz. Siz bilan biz bu tabiblarning gapiga quloq solsak, dorini to‘g‘ri ishlata olamiz. Mazhab bizning najot yo‘li va oxiratdagi saodatimizdir, inshoolloh.

