Ibn Xaldun Tunisda tavallud topgan bo'lib, bolalikdan ilm olishga ishtiyoqmand edi. U yoshligining o'n besh yilini Qur’on yodlashga, qiroat, tajvid ilmi va boshqa ilmlarni egallashga, shayxlarga shogird tushishga bag'ishlagan. Keyinchalik Andalusning ba’zi mintaqalarida siyosat va idora ishlaridagi vazifalarni bajarish bilan o'tkazgan. Bu davrga kelib, u bir qancha risolalar yozadi. Xususan, "Arablar, g'ayriarablar va barbarlar hamda ularga zamondosh bo'lgan buyuk saltanat sohiblari davridagi ibratlar kitobi" kitoblarini yozadi. Xozirda bu kitobning birinchi qismi "Ibn Xaldun muqaddimasi" deb ataladi. Qo'lingizdagi uch jilddan iborat ushbu asar Ibn Xaldunning o'sha - davlat idoralarida xizmat qilib yurgan paytlarida yozilgan kitobdir.

