Ibn Atoullohr Sakandariy rahmatullohi alayh haqida
Faqih Sobit Bannoniy rahmatullohi alayh shunday deganlar: "Agar namozdan tashqari boshqa narsani o'qish ham to'g'ri bo'lsa, albatta, faqat Ibn Atoulloh rahmatullohi alayhning hikmatlari bilan to'g'ri bo'lardi".
Bu zot shariat, tarikat, odob-axloq, xususan, nafs tarbiyasiga doir ko'plab asarlari bilan Islom olamida mashhur va tanilgan.
Mazkur kitobda muallifning asarlaridan saralab olingan ayrim hikmatlar va ularga yozilgan sharhlar o'rin olgan.
Kitob komil inson, yuksak ma'naviyat egasi bo'lish niyatidagi har bir o'quvchi uchun beg'araz maslahatchi, dasturul amal bo'lishidan umidvormiz.

