Taniqli rus klassik yozuvchilaridan biri Ivan Sergeyevich Turgenev o‘z asarlarida oddiy xalqning turmush tarzini, tabiat manzaralarini chizishda noyob qobiliyatini namoyon etib, keng kitobxonlar ommasining eʼtiboriga sazovor bo‘lgan. Uning mahorat bilan yozilgan hikoya, qissa va romanlari o‘zining beqiyosligi bilan o‘quvchini hayratga soladi.
Mazkur kitobdan ham yozuvchining dunyo miqyosida eʼtirof etilgan roman, qissa va hikoyalari o‘rin olgan. Uning “Mumu” hikoyasi jahondagi ko‘p tillarga tarjima qilinganining o‘ziyoq yozuvchining badiiy salohiyati yuqoriligidan darak beradi.
ISBN : 978-9943-25-863-1
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 366
Chop etilgan yili : 2019
Nashriyot : Ўзбекистон
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Muallif : I.S.Turgenev

