• Ispaniyaning Ajusa brendidan yuqori Yevropa sifati.
• Ko‘p qatlamli metall konstruksiya.
• Ekstremal qizish va kuyib ketishga chidamlilik.
• 1.6 (G4FC) dvigateli uchun aniq geometriya.
2007-yilda ishlab chiqarilgan Hyundai Elantra 1.6 Gamma (G4FC, 122 ot kuchi) dvigateli uchun Ispaniyaning Ajusabrendidan yuqori sifatli chiqish (vipusknoy) kollektori prokladkasi. Detal silindrlar bloki kallagi va chiqish kollektori o‘rtasidagi birikmaning ishonchli germetikligini ta’minlaydi va qizigan gazlar sizib chiqishini oldini oladi. Ekstremal harorat yuklamalari va korroziyaga o‘ta chidamli bo‘lgan ko‘p qatlamli issiqqa chidamli metaldan (MLS) tayyorlangan. Ushbu prokladkadan foydalanish dvigatelning shovqinsiz ishlashini ta’minlaydi va kapot osti qismlarini qizib ketishdan himoya qiladi.

