Hayotingizdan charchadingizmi? Unda bu kitob aynan siz uchun!
"Hyunam-dong kitob do'koniga xush kelibsiz" — bu shunchaki roman emas, balki qalbingizga orom beruvchi, iliq kofe hidiga yo‘g‘rilgan shifobaxsh hikoyadir. Janubiy koreyalik adiba Xvang Bo-reum tomonidan yozilgan ushbu asar butun dunyo bo‘ylab millionlab o‘quvchilar qalbidan joy olgan.
Asar syujeti haqida: Bosh qahramon Yongju hayotning tinimsiz yugur-yugurlaridan, charchoqlardan voz kechib, Hyunam-dong mahallasida kichik bir kitob do‘koni ochadi. Bu yerda u nafaqat kitob sotadi, balki hayotdan o‘z o‘rnini qidirayotgan, qalbi yaralangan insonlar bilan uchrashadi. Do‘kon mijozlari, doimiy tashrif buyuruvchilar va Yongjuning o‘zi bilan birgalikda biz "Baxt nima?", "Yaxshi hayot qanday bo‘ladi?" degan savollarga javob izlaymiz.
Nima uchun ushbu kitobni o‘qish kerak?


