HyperX Cloud Stinger 2 Core — bu ortiqcha xarajatlarsiz sifatli ovoz va brend qulayligini qidirayotgan geymerlar uchun eng yaxshi asosiy quloqchindir. O‘ta yengil korpus (atigi 275 g), yumshoq matoli ambushuralar va 40 mm drayverlar o‘yin ichidagi muhitni to‘liq his qilishni ta'minlaydi. Ovozni osongina o‘chiradigan buklama mikrofon esa jamoadoshlar bilan aloqani qulay qiladi.
Asosiy afzalliklari:
- O‘ta yengil va qulay korpus: Quloqchin atigi 275 gramm vaznga ega. Havo o‘tkazuvchan yumshoq matoli ambushuralar bilan birgalikda u uzoq vaqt o‘yin o‘ynaganda ham quloqlarni charchatmaydi va boshga og‘irlik qilmaydi.
- Tiniq va chuqur ovoz: 40 millimetrli yo‘naltirilgan dinamiklar bas tovushlarini kuchliroq va aniqroq yetkazib berishga moslangan. Bu o‘yinlarda (CS2, PUBG, Valorant) dushmanning harakatini aniqlashda katta ustunlik beradi.
- Swivel-to-Mute funksiyali mikrofon: Simdan tugma qidirib o‘tirish shart emas. Mikrofonni o‘chirish uchun uni shunchaki tepaga ko‘tarish kifoya — bu o‘yin paytida juda tez va qulay yechim.
- Qulay boshqaruv korpusning o‘zida: Ovoz balandligini sozlash g‘ildiragi to‘g‘ridan-to‘g‘ri quloqchin korpusida joylashgan bo‘lib, o‘yindan chalg‘imasdan ovozni bir soniyada sozlash imkonini beradi.
- Universal moslashuvchanlik: Standart 3.5 mm konnektor (va jamlanmadagi PC-adapter) yordamida quloqchinni kompyuter, noutbuk, PlayStation, Xbox va Nintendo Switch qurilmalariga osongina ulash mumkin.
Xрактеристики, o‘lchamlari va vazni:
- Brend: HyperX
- Model: Cloud Stinger 2 Core (Simli)
- Quloqchin turi: To‘liq o‘lchamli, yopiq
- Dinamiklar diametri: 40 mm
- Chastota diapazoni: 10 Gs – 25 000 Gs
- Qarshilik (Impedans): 32.5 Om
- Mikrofon turi: Elektret kondensatorli, shovqinni bo‘g‘uvchi
- Mikrofonni o‘chirish: Yuqoriga ko‘tarish orqali (Swivel-to-mute)
- Ulanish interfeysi: 3.5 mm (4-pin) + PC uchun 2 ta 3.5 mm adapter-razvetvitel
- Kabel uzunligi: 1.3 m + PC-perexodnik (15 sm)
- Mosligi: PC, PS5, PS4, Xbox Series X|S, Nintendo Switch, mobil qurilmalar
- Quti o‘lchamlari (U × K × B): taxminan 210 × 200 × 100 мм
- Quloqchin vazni: taxminan 275 g
- Qutidagi umumiy vazni (brutto): taxminan 540 g.