Centella SPF50 quyosh kremi — yuz terisini quyoshning zararli nurlaridan himoya qilish uchun mo‘ljallangan zamonaviy sunscreen. Mahsulot yuqori darajadagi SPF50 himoyasi bilan terini quyosh ta’siridan saqlaydi va pigmentatsiya, qizarish hamda quyosh sababli yuzaga keladigan erta qarish belgilarining oldini olishga yordam beradi.
Krem juda yengil va suvga o‘xshash teksturaga ega, teriga tez singadi va oq iz qoldirmaydi. Teri yuzasida yopishqoq yoki yog‘li qatlam hosil qilmaydi, shuning uchun kundalik foydalanish uchun juda qulay. Makiyaj ostida ham yaxshi ishlaydi.
Quyoshdan himoya ta’siri taxminan 4–6 soatgacha davom etadi. Agar uzoq vaqt tashqarida bo‘lsangiz yoki quyosh kuchli bo‘lsa, kremni qayta surtish tavsiya etiladi.
Mahsulot issiq iqlimli davlatlarda, yozgi sayohatlarda, dengiz bo‘yida va hovuzda dam olish paytida ham foydalanish uchun mos. Terini namlab turadi va quyosh ostida ham qulay his beradi.
Kundalik foydalanish uchun mos bo‘lib, normal, quruq va aralash teri turlariga yaxshi mos keladi.

