Ushbu husnixat daftari boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida chiroyli, to‘g‘ri va tez yozishni shakllantirish hamda rivojlantirish uchun mo‘ljallangan.
Daftardagi maxsus mashqlar mayda motorikani rivojlantirishga, harflarni chiziqlar bo‘ylab to‘g‘ri joylashtirishga va ularni bir-biriga ulashga yordam beradi. Shuningdek, matnlardagi ibratli so‘zlar va maqollar o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirish bilan birga, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga ham xizmat qiladi.
O‘quv qo‘llanma boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, pedagoglar va o‘z farzandining dastxatini mustaqil ravishda yaxshilamoqchi bo‘lgan ota-onalarga tavsiya etiladi.

