• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2024 yil.
• Tuzuvchi: Eldor Asadov
• Sahifalar soni: 224
• Muqova: yumshoq.
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84x108 1/32 (A5)
Ushbu test topshiriqlari to‘plami 2023-yil 30-aprel kuni umumxalq ovoz berish orqali O‘zbekiston Respublikasi referendumida qabul qilingan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tayyorlandi. Mazkur to‘plam umumiy hisobda 20 ta variantni o‘z ichiga oladi. Har bir variant 30 ta savoldan tashkil topgan bo‘lib, jami 600 ta savoldan iborat. To‘plamdan o‘rin olgan test topshiriqlari eng so‘nggi metodologik usul va uslublar asosida tuzildi. Ularni yechish orqali har kim O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘rganish va o‘z bilim darajasini tekshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
To‘plam o‘rta umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, oliy ta’lim tashkilotida tahsil oluvchi va tahsil beruvchi barchaga, eng asosiysi, oliy o‘quv yurtiga kiruvchilarga, qolaversa, keng jamoatchilik vakillariga mo‘ljallangan.

