• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Ulug‘bek TOSHPULATOV
• Sahifalar soni: 208
• Muqova: yumshoq
• Til: o‘zbek tilida
• Format: 84 * 108 1/32 (A5)
Mazkur testlar to‘plami huquq fanidan bilimlarni mustahkamlash, nazariy bilimlarni amaliy jihatdan mustaqil tekshirish hamda nazorat qilish maqsadida tuzilgan. To‘plam jami 20 ta variantdan iborat bo‘lib, har bir variant 30 tadan test savollarini o‘z ichiga oladi. Test savollari amaldagi qonunchilik hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, yangi darsliklar hamda huquq faniga oid o‘quv adabiyotlari asosida ishlab chiqilgan. Shuningdek, savollar darsliklardagi nazariy bilimlar bilan qonunchilik normalarining o‘zaro bog‘liqligi va tutashgan jihatlarini hisobga olgan holda shakllantirilgan.
Mazkur testlar to‘plami o‘quvchilar, talabalar hamda huquq fanini o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, bilimlarni mustahkamlash, nazorat qilish va imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qiladi

