Xoja Samandar Termiziy o'z davrining yetuk tarixchi va adabiyot-
shunos olimlaridan boʻlib, xalqimiz milliy ma'naviyatining shakllani-
shiga munosib hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizdan biri hisoblanadi.
Uning qo'lingizda turgan «Hukmdornoma» «Dastur ul-muluk» asari
hukmdorlar, davlat amaldorlari, shuningdek, aholining boshqa qatlam-
lari vakillari uchun moʻljallangan odob-axloq masalalari bayoniga ba-
g'ishlangan. Samandar Termiziyni boshqa zamondosh tarixnavislardan
ajratib turadigan eng muhim jihat, uning Buxoro va Xiva xonligi o'rta-
sida sodir boʻlgan janglarning aksarida ishtirok etgani hamda o'z ko'zi
bilan guvohi bo'lgan hodisalarni bayon etganidir.

