• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: eco
• Sahifalar 226
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Batafzil o'qing😊
• Kitob Russ tilida
Vinsent Dyukre - HUB instituti prezidenti. U Fransiya hukumatining raqamli texnologiyalar bo‘yicha maslahatchisi va HEC biznes maktabining o‘qituvchisi bo‘lgan. U o‘zining tahliliy ishlanmalarini keng ommaviy axborot vositalari bilan baham ko‘radi va muntazam ravishda xalqaro konferensiyalar va biznes-seminarlarda ma’ruza qiladi.
2018-yilda Huawei Apple’ni smartfonlar savdosi bo‘yicha dunyoda 2-o‘rindan siqib chiqardi.
Bu qanaqasi bo‘ldi? Nima uchun bir paytlar kichik bo‘lgan Xitoy kompaniyasi o‘ttiz yil ichida jahon bozorini zabt etib, o‘ziga bo‘ysundira oldi va raqamli inqilobni amalga oshirdi?
Qiziqarli faktlar:
• Hozirda Huawei deyarli to‘liq o‘z xodimlariga tegishli bo‘lgan dunyodagi yagona yirik kompaniyadir (faqat 1,14% ta’sischiga tegishli).
• Aynan Huawei ishlanmalari 4G va 5G rivojlanishiga eng katta hissa qo‘shdi: kompaniya jahon patentlarining mos ravishda 20 va 15 foiziga egalik qiladi.
• 2019-yil holatiga ko‘ra, brend butun dunyo bo‘ylab 188 000 dan ortiq xodimga ega.
• Huawei mahsulotlari 170 mamlakatda taqdim etilgan, kompaniyaning o‘zi esa jahon brendlari reytingida 68-o‘rinni egallaydi.
Ushbu kitob barcha kompaniyalar va tadbirkorlar uchun ilhom manbai hisoblanadi. Siz Huawei kompaniyasining jadal o‘sishi ortida kim turganini, uning muvaffaqiyatiga qanday omillar sabab bo‘lganini va rahbarlar o‘z missiyasini nimada ko‘rishini bilib olasiz.

