Haruki Murakami «Хроники Заводной Птицы» romani uchun Yaponiyaning nufuzli «Yomiuri» adabiy mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Toru Okada - o‘ttiz yoshli erkak. U o‘zining tinch va osoyishta hayotidan mamnun: sevimli rafiqasi, hazil tariqasida qaynog‘asining ismi qo‘yilgan mushugi va yaxshi mahalladagi shinamgina uyi bor. Ishdan bo‘shagan bo‘lsa-da, bundan ortiqcha tashvishlanmaydi. Ammo taqdir unga kutilmagan sinovlar tayyorlab qo‘ygan edi.
Avvaliga mushugi g‘oyib bo‘ladi. Keyin qandaydir sirli ayol unga tinimsiz qo‘ng‘iroq qila boshlaydi. Oradan ko‘p o‘tmay, xotini ham uni tashlab ketadi. Qadimdan aytilgan bashoratlar birin-ketin ro‘yobga chiqa boshlaydi. Toruning hayoti javobsiz savollar va tushunarsiz hodisalarga to‘lib boradi.
Biroq oxir-oqibat barcha sirlar bir-biriga ulanib, murakkab va g‘aroyib bir manzarani hosil qiladi...

