"Sayyor mushuk xronikasi" - Xiro Arikavaning butun dunyo bo‘ylab millionlab kitobxonlar qalbini zabt etgan bestselleridir.
Bu yapon tilida "yetti" degan ma’noni anglatuvchi "baxtli" ismli mushuk va uning egasi Satoruning do‘stligi haqidagi ta’sirli hikoyadir. Shu bilan birga, bu roman-sayohat bo‘lib, unda qahramonlar ham makonda, ham zamonda harakatlanadilar: Nana o‘zi uchun bepoyon dengiz kengliklarini va Fudzi tog‘ining go‘zalligini kashf etadi, Satoru esa go‘yoki bolalik va yoshlik voqealarini qayta boshdan kechiradi.
Bir qarashda, hikoyachi rolida ishtirok etayotgan mushuk Nana o‘zining mushukka xos hayot falsafasi bilan suyak-suyagigacha realist va pragmatikdir. Biroq u o‘z xo‘jayinining ichki dunyosiga shunchalik chuqur kirib bora oladiki, ba’zan uni o‘zidan ko‘ra yaxshiroq tushunadi. Ular bir-birlari uchun kimlar? Nega Satoru sevimli mushugini ergashtirib, qayta-qayta yo‘lga chiqadi?..

