Namozga kirish Alloh taoloning huzuriga chiqish va Uning huzurida turib munojot qilish demakdir. Chunki bandaning namoz vaqtidagi har bir harakati, har bir duosi va har bir zikri Allohga munojotdir.
Darhaqiqat, hadisi sharifda shunday deyilgan: «Namoz o'qiyotgan kishi Rabbisiga munojot qilmoqda». U holda namoz o'qiydigan kishining amali, ham qalbi bilan, ham a'zolari bilan to'liq ixlosli bo'lishi kerak. Ya'ni qalbini va a'zolarini faqatgina Allohga yo'naltirishi lozim.

