HONOR X7e uzoq avtonom ishlashni qadrlaydigan foydalanuvchilar uchun yaratilgan. 7000 mAs sig‘imli batareya bir quvvat bilan 31 soatgacha video tomosha qilish, 13 soatgacha o‘yin o‘ynash va telifon navigatsiyadan foydalanish imkonini beradi. 45 W HONOR SuperCharge tezkor quvvatlash texnologiyasi batareyani tezda to‘ldirib, smartfonni har doim foydalanishga tayyor saqlaydi.
6,61 dyuymli TFT-LCD displey va 120 Gts yangilanish chastotasi kontentni ravon aks ettiradi. Ijtimoiy tarmoqlarni ko‘rish, filmlar tomosha qilish va o‘yin o‘ynash yanada qulay bo‘ladi. Yuqori yorqinlik tufayli telefon ekran quyoshli kunda ham yaxshi ko‘rinadi, Elektron kitob rejimi va miltillashsiz tasvir esa o‘qishni yanada qulay qiladi.
MediaTek Helio G81 Ultra protsessori ko‘p vazifali ishlash, ommabop ilovalar va mobil o‘yinlarni bemalol bajaradi. HONOR RAM Turbo texnologiyasi tezkor xotiradan samaraliroq foydalanadi, telefonlar 1 TB gacha microSD kartalarni qo‘llab-quvvatlashi esa yanada ko‘proq foto, video va hujjatlarni saqlash imkonini beradi.
50 MP asosiy kamera kunduz va kechqurun batafsil suratlar olish imkonini beradi. Sun'iy intellekt funksiyalari keraksiz obyektlar, odamlar va akslarni olib tashlash, tasvirni kengaytirish hamda eski suratlarni yaxshilashga yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlar uchun telifon sifatli suratlar olishga mos.
HONOR X7e IP64 darajasidagi chang va suv sachrashidan himoyaga ega. Shuningdek, telifon SGS sertifikati smartfonning 1,8 metr balandlikdan tushishga chidamliligini tasdiqlaydi. Faol turmush tarzi uchun ishonchli tanlov.
AI tugmasi tez-tez ishlatiladigan ilovalar va funksiyalarga bir tegishda kirishni ta'minlaydi. Shuningdek, telefon MagicOS sun'iy intellekt imkoniyatlari yordamida ovozni matnga aylantirish, tarjima qilish, matnni aqlli tahrirlash va qaydlar bilan ishlash mumkin.
HONOR X7e talabalar, o‘quvchilar, ofis xodimlari va katta batareya, ravon ekran, NFC hamda yaxshi unumdorlikka ega zamonaviy smartfon izlayotgan barcha foydalanuvchilar uchun mos. In Touch do‘konida HONOR telefonlari muntazam aksiyalar o‘tkaziladi, shu bois o‘zingizga mos konfiguratsiyani da tanlashingiz mumkin.
To'plam ichida: kabel Type-C, adapter SuperCharger 45W, g'ilof

