Homilador ayollar uchun vitaminlar — bu ayollar uchun maxsus ishlab chiqilgan vitamin va mineral kompleksidir. Ushbu vosita homiladorlikka tayyorgarlik davrida, homiladorlik vaqtida hamda emizish davrida (ona suti bilan boqish paytida) qo‘llash tavsiya etiladi.
U organizmdagi vitamin va mineral muvozanatini tiklaydi, ayolning reproduktiv (tug‘ish) tizimi sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi, homilador bo‘lish va sog‘lom farzand tug‘ish imkoniyatini oshiradi.
Gemoglobin darajasini me’yorda saqlashga yordam beradi va homilador ayollarda temir tanqisligi (anemiya) rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Onaning va bo‘lajak bolaning organizmida vitaminlar va minerallar yetishmovchiligi bilan bog‘liq bo‘lgan homila rivojlanishidagi nuqsonlar (anomaliyalar) paydo bo‘lish xavfini kamaytiradi.
Teri, soch va tirnoqlar sog‘lig‘ini saqlashga yordam beradi, soch to‘kilishining oldini oladi.
Immunitetni mustahkamlaydi, bakterial va virusli kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi.
Asab tizimining normal faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi, psixo-emotsional holatni barqarorlashtiradi va stressni yengilroq boshdan kechirishga yordam beradi.
ДОРИ ВОСИТАСИ ХИСОБЛАНМАЙДИ

