Ushbu kitobda homilaning ona qornidaligidayoq ongi va qalbi rivojlanishi, eslash qobiliyati mavjudligi tajribalar orqali isbotlangan va bayon etilgan. Chaqaloqlar an'anaviy andazalarga solinganidek ojiz, behush yoki hissiz mavjudotlar emasligi ochiq bayon etilgan. Yaxshi farzand tarbiyalash uchun atrof-muhit muhim bo lsa, homila uchun muhit, onaning o'zi hal qiluvchi ta'sir ko'rsatishi ochib berilgan.
Muallif chorak asrlik tadqiqoti natijasi olaroq bolani embrionlik davridan boshlab tarbiyalash inson rivojlanishining asosidir degan xulosaga keladi. Kitobni inson rivojlanishiga qiziquvchilar, ota-onalar, homilador ayollar va bo'lg'usi onalar o'qishi tavsiya etiladi.

