• Foliy kislotasi, Vitamin B12, B6, L-arginin, Selen va Mikroelementlardan tarkib topgan homilador va emizikli ayollar uchun perinatal formula
Foliy kislotasi, Vitamin B12, B6, L-arginin, Selen va Mikroelementlardan tarkib topgan homilador va emizikli ayollar uchun perinatal formula
TARKIBI VA CHIQARILISH SHAKLI
Har bir kapsulaning tarkibi quyidagilardan iborat:
Mio-inozitol – 100 mg
Vitamin C – 75 mg
Magniy oksid– 25 mg
Nikotinamid – 22.5 mg
Vitamin E Atsetat (50%) – 12.5 mg
L-arginin – 10 mg
Sink Sulfat – 10 mg
Karbonil temir – 9 mg
Tiamin mononitrat (Vit B1) – 5 mg
Pirodoksin gidroxlorid (Vit B6) – 5 mg
Riboflavin (Vit B2) – 2.5 mg
Marganes Sulfat – 1.5 mg
Foliy kislotasi – 1.5 mg
Mis Sulfat – 750 mkg
Sianokobalamin (Vit B12) - 500 mkg
Vitamin A – 375 mkg
Natriy Selenat – 100 mkg
Xlorid Xrom – 50 mkg
Kaliya yodid – 50 mkg
Vitamin D3 – 12.5 mkg
Qo‘shimcha ingrediyentlar: Ikki asosli fosfat kalsiy, Mikrokristall sellyuloza, Natriy kraxmal glikolyat, Natriy kroskarmeloz, Talk, Silikon kolloid dioksidi, Makkajo‘xori kraxmali, va boshqalar.
Ozuqaviy qiymati:
Quvvat - 1.62 kkal
Uglevodlar - 0.40 g
Shakar - 0.001 g
Yog‘lar - 0.013 g
Oqsillar - 0.018 g
PRЕPARATNING TA’SIRI
Homiladorlik – bu nafaqat quvonch bilan kutiladigan holat, balki bo‘lajak ona organizmiga katta yuk hamdir. Homilador ayol nafaqat o‘z organizmini kerakli moddalar va energiya bilan ta’minlashi, balki o‘z vujudidagi farzandini ham inobatga olishi kerak.
Odatda, homiladorlik holatida odatiy oziq – ovqatlar yetarli bo‘lmay, qo‘shimcha vitamin-mineral komplekslar qabul qilinishi zarur.
Vitamin-mineral kompleks ANFAVIT faol tarkibi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Vitamin A – platsentaning normal rivojlanishida va embrion to‘qimasining shakllanishida qatnashadi. Shu bilan birga, embrionning ko‘rish tizimini va homila skeletining rivojlanishi uchun ham juda zarurdir.
• Vitamin B1 – oqsil, yog‘lar va uglevodlar sintezida zaruriy element.
• Vitamin B2 – ona va bola organizmida sodir bo‘ladigan energik reaksiyalarga javob beradi.
• Vitamin B6 – oqsillar sintezida qatnashadi. Homiladorlik oldidan oral kontratseplar qabul qilgan ayollarga uchun muhim hisoblanadi.
• Vitamin B9 – foliy kislotasi, homilador ayollar uchun juda kerakli vitamin hisoblanadi. Bola asab tizimining normal shakllanishga va nuklein kislotalar sinteziga javob beradi.
• Vitamin B12 – qon shakllanishi jarayoni normal o‘tishini ta’minlaydi.
• Vitamin C – askorbin kislotasi, ona organizmini infeksiyalardan, turli kasalliklar va tashqi muhitning salbiy omillaridan himoya qiladigan kuchli antioksidant va immunomodulyator hisoblanadi.
• Vitamin E – bu ham kuchli antioksidant. Bundan tashqari, qon aylanish tizimining normal holatini saqlab qoladi va homilaning tushib qolish ehtimolini kamaytiradi.
• Vitamin D – onadagi gormonal fon va homila skeletining normal shakllanishini qo‘llab – quvvatlaydi.
• Mis va temir to‘la qon hosil qilish jarayonini ta’minlaydi. Ona organizmida anemiya rivojlanishidan himoya qiladi. Magniy asab sistemasini mustahkamlaydi va onaning umumiy holatini ham me’yorlashtiradi.
• Sink – gormonlar ishlab chiqishini normallashtiradi va suyakning o‘sishini qo‘llab – quvvatlaydi.
• Xrom - qonda qand-shakar darajasini tartibga solishda hal kiluvchi rol o‘ynaydi. U insulin bilan birga ovqatlanishdan keyin onada qand miqdorining juda tez ko‘tarilmasligini yoki juda tez tushib ketmasligini ta’minlashni qo‘llab quvvatlaydi.
• Marganes – ona suyaklarining zararlanishiga to‘sqinlik qiladi va yallig‘lanishdan xalos bo‘lishga ta’sir ko‘rsatadi.
• Selen - inson tanasi uchun juda muhim mineral va antioksidant hisoblanib, immunitetni oshiradi, erkin radikallar tufayli zararalanishdan va yallig‘lanishdan himoyalaydi, sog‘lom moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi.
• Mio-inozitol - B guruhi vitamin bo‘lib, asab hujayralarining to‘liq ishlashi uchun zarurdir.
QO‘LLANILISHI
• homiladorlikka tayyorgarlik davrida;
• homiladorlik davridagi toksikoz profilaktikasida;
• vitaminlar va minerallarning tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lgan homilaning tug‘ma nuqsonlarini oldini olishda;
• homiladorlarda anemiyani bartaraf qilish va davolashda;
• ayollarda homiladorlik va laktatsiya davridagi vitaminlar va minerallar tanqisligini oldini olish va davolashda foydalaniladi.
QO‘LLASH MUMKIN BO‘LMAGAN HOLATLAR
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
• gipervitaminoz;
• organizmda temirning ortiqcha to‘planishi;
• qonda kalsiy miqdorining yuqoriligi
QO‘LLASH USULI VA DOZALARI
Preparatni qo‘llashdan oldin shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.
Homiladorlikni rejalashtirish bosqichida, homiladorlik va tug‘ruqdan keyingi bosqichlarda 1 tabletkadan 1 mahal suv bilan ichgan holda qabul qilinadi.
Davolash kursi shifokor ko‘rsatmasiga asosan amalga oshiriladi.
NOJO‘YA TA’SIRI
Preparatning komponentlariga allergik reaksiyalar bo‘lishi mumkin.
Siydikning intensiv sariq rangga kirishi, preparat tarkibida riboflavin saqlashidan dalolat beradi. Bu esa xech kanday organizm uchun havfli emas.
PRЕPARATNING MЕ’YORDAN ORTIQ QABUL QILINISHI
• Kasallik alomatlari: yuqori nojo‘ya ta’sir.
• Davolash: faollashtirilgan ko‘mirni og‘iz orqali qabul qilinib, me’da-ichak yo‘llari yuviladi va simptomatik davolanish amalga oshiriladi.
• Preparatni tasodifan me’yordan ortiq qabul qilinganda, shifokorga murojaat qiling tavsiya etiladi.
BOSHQA DORI VOSITALARI BILAN O‘ZARO TA’SIRI
Ushbu preparat bilan boshqa polivitamin kompleksni bir vaqtda qo‘llash mumkin emas.
Preparat tarkibida temir va kalsiy borligidan, tetratsiklin guruhidagi antibiotiklar, ftorxinolonlar ichakda so‘rilishi kechikishi mumkin.
Vitamin C, sulfanilamid guruhiga kiruvchi mikroblarga qarshi moddalarning davolash ta’sirini va nojo‘ya ta’sirini oshiradi.
Bir vaqtning o‘zida tiazid guruhidagi siydik xaydovchi moddalar giperkalsemiya ehtimolligini oshishiga sabab bo‘ladi.
SAQLASH SHAROITI
Preparat bolalar qo‘li yetmaydigan, yorug‘likdan himoyalangan, salqin va quruq joyda 30°C gacha bo‘lgan haroratda saqlaniladi. Quyosh nuri va namlikdan saqlansin.
Yaroqlilik muddati - 3 yil.
EKSKLYUZIV DISTRIBYUTOR
«ANFA IMPORTS AND EXPORTS» MCHJ, O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri
ISHLAB CHIQARUVCHI
MDC PHARMACEUTICALS LIMITED (A WHO-GMP & GLP Approved Company)
Qo'llanilishi biriktirilgan yo'riqnomada ko'rsatilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan. Reg. № 000382/2 11.01.2019

