Xalqaro bestseller va New York Times bestselleri "Shafqatsiz shahzoda"ning uzoq kutilgan davomi. 2019-yilning eng kutilgan kitoblaridan biri! O‘zining qat’iyati, ayyorligi va makkorligi tufayli perilar dunyosi taxtiga ko‘tarilgan o‘tkinchi qiz haqidagi betakror hikoya! Jyud Kardanni unga bo‘ysunishga va’da berishga majbur qildi, bu va’da roppa-rosa bir yilu bir kunga cho‘ziladi. Endi u taxt ortidagi asosiy shaxs bo‘lib, qirolni mohirlik bilan boshqaryapti. Ammo Jud na do‘stlari, na ittifoqchilari bo‘la turib, xavfli peri o‘yiniga aralashib qoldi. Ambitsiyalari va har qanday holatda ham omon qolish maqsadi tufayli u makr-hiylalar to‘qiydi va tezkorlik bilan zarba beradi. Biroq Jyud o‘ziga so‘zsiz ishongan kishilar orasida xoin paydo bo‘lganini va yaqinlari xavf ostida ekanini bilgach, muhim qadam tashlashga majbur bo‘ladi va hatto o‘yinning barcha qoidalarini o‘zgartirishi mumkin. Ayniqsa, Kardan Feyrilend aholisi o‘ylaganidek zaif va irodasiz qirol emas ekan...
ISBN : 978-5-04-100171-5
Betlar soni : 448
Chop etilgan yili : 2021
Nashriyot : Эксмо

