Bu kitob axloq haqida emas. U shaxsiy manfaat va hisob-kitob hukmron bo‘lgan dunyoda omon qolish bo‘yicha qo‘llanmadir. «Hokimiyatning 48 qonuni» — real hayotdagi voqealar, nizolar va fitnalardan olingan saboqlarni jamlagan eng mashhur asarlardan biridir. Robert Grin tarixiy misollarga tayangan holda, shaxslar qanday qilib o‘zgalarni bo‘ysundirgani, imperiyalar barpo etib, ularni qanday qulatgani hamda hatto kichik xatolar qanday qilib ulkan mag‘lubiyatlarga aylangani haqida hikoya qiladi.
Agar quyidagilarni o‘rganishni istasangiz, «Hokimiyatning 48 qonuni» sizga asqotadi:
- Ta’sir doirasini kengaytirish;
- O‘z pozitsiyangizni mustahkam saqlash;
- Atrofingizdagilarning asl niyatlarini anglash;
- To‘g‘ri so‘zlarni ayni vaqtida qo‘llash;
- Murakkab vaziyatlarda xotirjamlikni saqlash;
- Raqobat muhitida qarorlar qabul qilish.

