Britaniyalik adib Djon Ruel Tolkin (1892-1973) qalamiga mansub "Hobbit yoxud borib qaytish" romani turkumi ona tilimizga tarjima qilishdan maqsad, sehr-jodu yoki afsungarlikka targ‘ib qilish emas, aksincha yoshlarni yaxshilikka, adolatga haqiqatga, mehr-muhabbatga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlash, kindik qoni to‘kilgan yurt- Vatanga bo‘lgan muhabbatini yanada yuksaltirishdir.
Agar ushbu asarni boshidan oxirigacha o‘qisangiz, unda ona-yurt mustaqilligi uchun kurash, uni bosqinchilardan ozod qilish qancha mushkul va murakkab vazifa ekanligini anglaysiz.
Bu asarda qatnashgan har bir obrazda ma’lum bir ramziy ma’no yotadi. Ayrimlari bosqinchi (ajdar), ayrimlari ozodlik kurashchilari (Emanqalqon Torin va uning safdloshlari), ayrimlari ma’rifatparvar va oqil (Gendalf), ayrimlari esa xalqparvardir (Bard). Asosiy qahramon Beggins esa vijdonli, tanti, jasur obraz sifatida tasvirlangan.
Asarni o‘qigan yosh kitobxon murakkab hayotning ko‘plab jihatlari, yaxshi-yomonliklari, oq-u qorasi, yovuzlik bilan ezgulik o‘rtasidagi mangu kurashdan oz bo‘lsa-da voqif bo‘lishi, qiziqarli ma’lumotlar bilan tanishib, bilimini oshishiga shubha yo‘q.
ISBN: 978-9943-5523-9-5
Qog‘oz formati: A5
Muqovasi: Qattiq
Betlar soni: 320
Nashr etilgan yili: 2019
Nashriyot: Ilm-Ziyo-Zakovat
Yozuv: Lotincha
Til: O‘zbek

