Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari safiga yana bir yangi nashr qo‘shildi: «Hilol-nashr» nashriyot-matbaa majmuasi muassisligida «Hilol» ilmiy-ma’rifiy, ijtimoiy-adabiy jurnali nashr etila boshlandi. Jurnalni nashr etish g‘oyasi atoqli olim, fazilatli shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohga tegishli bo‘lib, u kishi boshlagan katta ilmiy-ma’rifiy ishlarning uzviy davomi sanaladi. «Sof Islom ma’rifatini keng yoyish» shiori ostida o‘z faoliyatini boshlagan jurnalga dinimiz ta’limotlarini yorituvchi zarur ma’lumotlar, ma’rifiy suhbatlar, amri ma’ruf va nahyi munkar qilish asosida katta islohotlar qarshisida turgan xalqimizga sof Islom ta’limotlarini tushuntirish, musulmonlar ma’rifatini oshirishga hissa qo‘shish vazifasi yuklangan.
G‘oya muallifi: Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh
Bosh muharrir: Ismoil Muhammad Sodiq
Mas’ul kotib: Mahmud Mahkamov
Nashriyot: «Hilol» nashriyot-matbaasi
Sana: 2023-yil
Hajmi: 48 bet
ISSN: 2181-9858
O‘lchami: 60×70 1/8
Muqovasi: yumshoq

