Ketmoq qiyinmi yoki qolmoq?
Qolmoqni bilmadim- u, ketmoqning sira oson bo‘lmasligini tushundim. Bir hisob-kitobi bor ekan bu ishning, qaytishni istasa-da, qayta olmasligi, yuragida cho‘zilib ketgan g‘urbatlari, ayriliqlari bor ekan. Ustiga-ustak, ketsa, ikki kishilik badal to‘lar ekan inson...
Mening ismim Fesleyen. Men bu hikoyada ketganlardanman.
Aytmoqchi bo‘lgan ko‘p gapim bor va eʼtirof etishim kerak bo‘lgan bir dunyo tashvishlarim.
Qog‘oz qalamimni tayyorladim. Bir rayhonning tuprog‘iga bo‘lgan sog‘inchini yozmoqchiman, bir rayhonning yomg‘iriga va quyoshiga bo‘lgan sog‘inchlarini aytmoqchiman sizga. Bir qizning yuragini ochmoqchiman. Agar siz ham bir kun tuprog‘idan uzoqlarga ekilgan, quyoshga bo‘y cho‘zishga urinayotgan kichkinagina chechakka ko‘zingiz tushsa, ustidan bosib o‘tmang, xo‘pmi?
Bu dunyoda yolg‘iz o‘zi ketayotgan bir insonning Allohdan o‘zga kimi ham bo‘lishi mumkin? Uning baxtsizligiga siz sababchi bo‘lmang...
Va sizdan iltimos, sevishganlarni ayirmang!

