High-Tech ichki eshik kvartira, uy, ofis va boshqa xonalarni zamonaviy uslubda bezash uchun mo‘ljallangan. Eshik polotnosi zamonaviy dizaynda ishlab chiqilgan bo‘lib, gorizontal bezak chiziqlari va vertikal shisha elementi eshikka o‘ziga xos va zamonaviy ko‘rinish beradi. Eko shpon qoplamasi chiroyli tashqi ko‘rinish va kundalik foydalanishda qulaylikni ta’minlaydi. Eshik beton kulrang va ayс ranglarda mavjud bo‘lib, zamonaviy interyer, mebel, pol va devor bezaklari bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Eni bo‘yicha mavjud o‘lchamlar: 40, 60, 70 va 80 sm. To‘plam tarkibiga eshik polotnosi, 2,5 quti va 2,5 nalichnik kiradi. Eshikni qulf bilan yoki qulfsiz variantda xarid qilish mumkin. High-Tech modeli yotoqxona, mehmonxona, kabinet, oshxona, koridor va boshqa xonalar uchun mos keladi. Ishlab chiqarilgan joyi — O‘zbekiston.

