Evolyutsiya tufayli maymun insonga aylangan, degan Darvin nazariyasi hamon shubha ostida ekanligi rost. Lekin inson mehnat va taraqqiyot natijasida BAXTLI INSONga aylanishi ayni haqiqat. Chunki odam kim bo'lishidan va nima bilan shug'ullanishidan qat'i nazar uning ishla-tilmayotgan a'zosi kundan-kunga zaiflashib borishi ilmda isbotlangan.
Hatto u o'z funksiyasini yo'qotishi mumkin. Shuning uchun ba'zan chap qo'l bilan ham yozib turishni maslahat berishadi. Miya esa butun tanamizning hukmdori, uning qarorlari va buyruqlari asosida vujudimiz harakatlanadi. Xatti-harakatlarimiz esa hayotimizni yaratadi. Shunday ekan, avvalo, ongimizni turg'unlikdan chiqarishimiz kerak. Ushbu kitob ongni o'stirish uchun izlanish, ishlash, mashq qilish lozimligini uqtiruv-chi ogohlik so'zlaridan iborat. Aziz o'quvchiga yoqimli mutolaa tilaymiz.
ISBN : 9789910922312
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Qattiq
Betlar soni : 160
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2024
Nashriyot : Bukhara Books
Yozuv : Lotincha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Hidoyat Oqtoy

