Ushbu kitob kishining Islomini boyituvchi, ilm o'rganishga rag'batni oshiruvchi ko'rsatmalar, qimmatli maslahatlarga boy manbadir. Kitob hikmatlarga asoslanib, pandu nasihatga chaqirish ruhida bitilgan. Insonni yomon yo'llardan qaytaruvchi taqiq va ogohlantirishlar kitobning asl maqsadiga urg'u beradi. Muallifning yoniq fikrlari o'quvchining haq yo'ldan og'ishmasligiga o'z hissasini qo'shadi, degan umiddamiz, inshaalloh

