Islom huquqshunosligining durdonasi bo‘lgan bu asar, mashhur faqih Burhoniddin Margʻinoniy tomonidan yozilgan “Bidoyatul Mubtadiy” kitobining sharhidir. U hanafiy mazhabi asosida fiqh ilmini chuqur o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun yozilgan eng muhim va asosiy manbalardan biridir.
Ushbu 3-jildda:
-Ijtimoiy hayotga oid shariat hukmlari,
-Savdo-sotiq, qarz, hadya, vasiyat kabi muomalaviy masalalar,
-Ilmiy asosda dalillar bilan keltirilgan fatvolar batafsil yoritilgan.
Kitob o‘zining soddaligi, aniq misollari va sharh uslubi bilan talabalar, domlalar va fiqh ilmini mustahkamlashni istagan har bir musulmon uchun nihoyatda foydalidir.

