Haute Fragrance Company (HFC) brendining Devil’s Intrigue ifori — bu ehtirosli, sirli va nihoyatda jozibador atir bo'lib, u o'z egasini sehrli vasvasa olamiga chorlaydi. Parfum dastlabki soniyalardanoq o'zining upali yumshoqligi va boy, ko'p qirrali piramidasi bilan maftun etadi.
Kompozitsiya yangi uzilgan oq choy hamda pishgan shaftolining yengil mevali tuslarini eslatuvchi baxmalsimon osmantusning nafis va samimiy dueti bilan ochiladi. Atirning yurak qismida esa qaymoqli sandal va yorqin apelsin gulining (flerdoranj) jozibador aralashmasi namoyon bo'lib, unga chuqurlik hamda alohida magnitizm bag'ishlaydi.
Parfumerik asar hashamatli, quyuq va mahtun etuvchi shleyf bilan yakunlanadi. Baxmalli kashmeran, quruq yog'ochli akkordlar va muloyim vanil o'zidan keyin uzoq saqlanuvchi, sirli iz qoldiradi. Bu ifor atrofdagilar e'tiborini tortadi, sehrlaydi va xotirada mangu qoladi.

