HV 165 midbaslari po‘lat korpus va kompozit diffuzor bilan jihozlangan bo‘lib, barqaror va chuqur baslarni ta’minlaydi. Ventilyatsiyalangan ovoz g‘altagi samarali ishlashga yordam beradi. HT 25 tviterlari ipak kupol va neodim magnit tizimi bilan tiniq va yumshoq yuqori chastotalarni uzatadi. 2W.20 krossoverlari signalni aniq filtrlab, yuqori chastota darajasini sozlash imkonini beradi.
Ushbu model Gentra, Nexia 3, Cobalt, Spark va boshqa 16,5 sm joylashuvga ega avtomobillar uchun mos keladi (o‘rnatish joyiga qarab). Kundalik haydashda sifatli audio muhit yaratish uchun amaliy tanlov.

