Mashhur Hermes parfyumeriya uyi dunyoning ajoyib bog‘lariga bag‘ishlangan Un Jardin atirlari turkumini chiqardi. Dastlab kolleksiyada uchta hid mavjud edi, ammo 2011-yilda megapolis o‘rtasidagi tabiat go‘zalligidan ilhomlangan Jan-Klod Ellen Hermes Un Jardin Sur Le Toit (Tomdagi bog‘) atirini yaratdi. Shunisi e’tiborga loyiqki, prototip sifatida Hermes markaziy ofisining tomidagi yashillik va tabiat oroli - aniq bir bog‘cha xizmat qiladi. Parfyum yaratuvchisi katta shaharning shiddatli sur’atida to‘xtashga, o‘zining tabiiy manbalariga quloq solishga va hayotni sevish nimani anglatishini his qilishga chaqiradi. Atir juda mayin bo‘lib chiqdi, u zamonaviy insonning shovqinli hayotiga ozgina xotirjamlik olib kiradi.
Hermes Un Jardin Sur Le Toit atir suvining ajoyib mevali fujer guldastasi juda oddiy kompozitsiyaga ega bo‘lib, u hidning ajoyibligini aslo kamaytirmaydi. Asosiy nota butunlay yashil o‘tning yangiligiga bag‘ishlangan. "Yurak"da pishgan olma va nokning shirin hidlari dimoqni biroz qitiqlaydi, ular yonida gulzor malikasi — atirgulning beqiyos ifori taraladi. Kompozitsiyani rozmarin va magnoliyaning jimjimador va injiq tovlanishlari yakunlaydi.
Atir turi: Mevali, Fujerli
Boshlang‘ich nota: Maysa
Yurak notasi: Nok, Qizil olma, Atirgul
Oxirgi nota: Magnoliya, Rozmarin

