Nemis adabiyotining ulug' namoyandalaridan biri, Nobel mukofoti sohibi Hermann Hesse eng ko'p mutolaa qilinadigan olmon adiblaridan biridir. Uning ko'plab roman, qissa, hikoyalari, she'rlari, siyosiy, adabiy-tanqidiy ruhdagi asarlari chop etilgan. Ular orasida, ayniqsa, "Cho'l bo'risi", "Marjonlar o'yini", "Tildiraklar ostida", "Demian" kabi asarlari alohida dovrug', qozongan. Adib, shuningdek, manaviy-marifiy yo'nalishda ham ko'plab asarlar yozgan.
«G'ildiraklar ostida" romani muallifning dastlabki ijodiy namunalaridan biri bo'lib, 1906 yilda nashrdan chiqqan. Asarda Hans ismli maktab bolasining kechmishlari bayon qilinadi, ta'lim tizimidagi nuqsonlarning bola shaxsiyatiga ko'rsatgan salbiy jihatlari ochib beriladi.

