Ingliz yozuvchisi Gerbert Uells o‘zbek kitobxonlariga "Vakt mashinasi", "Ko‘rinmas odam" kabi mashhur asarlari bilan tanish. Uning "Dunyolar jangi” romani 1898 yilda kitob holida chop etilgan. Asarda o‘zga sayyoraliklarning Yer sayyorasiga hujum qilish mavzusi qalamga olingan bo‘lib, bu kitob o‘sha davr uchun katta yangilik xisoblangan. Vokealar muallifning vatani bo‘lmish Angliyada sodir bo‘ladi. Asar XX asr davomida dovrug‘ini saqlab qoldi va hozirgi kunda ham fantastik asarlar reytingidan tushgani yo‘q. U dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan hamda roman asosida film ishlangan. E’tiboringizga uning o‘zbek tilidagi tarjimasini taqdim etmoqdamiz. Xayolot olamingizga erk bering va fantastika sehridan bahramand bo‘ling.
ISBN : 9789910804366
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 208
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2026
Nashriyot : Info Capital Books
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Gerbert Uells

