XX asrning buyuk menejerlaridan biri, ishlab chiqarishda oqim-konveyer yo‘lini joriy etgan va AQSH avtomobil sanoatining “otasi” sifatida tanilgan Henri Ford ushbu avtobiografiyasida o‘z hayoti, tadbirkorlik faoliyatining boshlanishi, ishlab chiqarishni tashkil etish, mehnat va boshqaruv haqidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashadi. Asar iqtisodchilar, muhandislar, konstruktorlar, biznes tashkilotchilari, rahbarlar va muvaffaqiyatga intilayotgan kitobxonlar uchun qiziqarli.

