Hayotimizda tasodifan uchraydigan deb oʻylagan insonlar, kutilmagan voqealar — aslida barchasi qandaydir maʼnoga ega, degan gʻoyani ilgari suruvchi bu asar oʻquvchini oʻz hayotiga boshqacha nazar bilan qarashga undaydi. Kitob voqealari markazida ikki qahramon — ichki izlanishdagi yosh yigit va fikru-oʻyi notinch boʻlgan qiz turadi. Ular hech qanday moddiy taʼminotsiz, faqat taqdirga tayanib yetti kunlik uzoq safarga otlanadilar. Bu safar ular uchun oddiy sayohat emas, balki ichki dunyosini butunlay oʻzgartirib yuboradigan tajribaga aylanadi.
Muallif Hakan Mengyuch tasavvuf falsafasi, shaxsiy hayotiy tajribalari va chuqur kuzatuvlari asosida yozgan bu asarda sabr, taqdirga ishonch va oʻz-oʻzini anglash mavzulari yoritilgan. Kitob tili sodda, uslubi samimiy boʻlib, uni oʻqigan har bir kishi oʻz hayotidagi uchrashuvlarga yangicha maʼno topa boshlaydi.
Qisqacha maʼlumot:

