Bir sufiy va hayotda o'z maqsadini topa
olmagan bir yosh qiz o'zligini anglash, o'z
shaxsini yangidan kashf etish uchun birgalikda
yetti kunlik safarga yo'l olishadi. Ular oldinda
o'zlarini nimalar kutayotga-nini bilishmaydi.
Taqdirdan boshqa ishonadiganlari va
suyanadiganlari yo'q.
Shahardan shaharga yetti kun pulsiz,
oziq-ovqatsiz va, eng muhimi, hech qanday
rejalarsiz sayohat qilishadi va safarlari
boshlangan joyiga qaytganlarida endi
hech narsa avvalgidek bo'lmasligini
anglaydilar.
Inson yetti kun ichida ham o'zgarishi
mumkinmi?.. Taqdir qayta yozilishi
mumkinmi?.. Albatta, yetti kun ichida
hammasi o'zgarishi mumkin...
Xuddi qamishzordagi bir qamishning
yetti bor sayqallan-ganidan keyin
yoqimli ohanglar taratuvchi "nay"ga
aylanganidek...

