“Hech bir uchrashuv tasodif emas” — bu kitob inson hayotidagi uchrashuvlar, voqealar va tanishuvlarning aslida tasodifiy emasligi haqida hikoya qiladi. Muallif hayot yo‘lida uchragan har bir odamning ma’lum bir vazifasi, saboqi va ta’siri borligini chuqur tahlil qiladi.
Asar oʻquvchini o‘z ichki dunyosiga nazar tashlashga, kechagi va bugungi insonlar bilan bog‘liq tajribalarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi. Kitobda:
badiiy va psixologik tarzda yoritilgan.
Bu asar o‘quvchiga:
“Hayotingizdagi odamlarni bejiz uchratmagansiz — har biri sizni bir qadam o‘zgartirgan” degan fikrni eslatadi.
Taqdir insondan voz kechmaydi. U har on qayta va qayta yozilaveradi. Shunday paytlar bo‘ladiki: "Bu ishni qilmayman", — deysan-u, lekin qilishga majbur bo‘lasan. "Endi bunga chiday olmayman", deysan-u, ammo, baribir, chidaysan. "Buni seva olmayman", deysan-u, biroq yana sevasan. "Voz kechib ketolmayman", deysan-u, lekin bir lahzada voz kechib keta olasan. “O‘ldim”, deysan-u, ammo yashashda davom etasan.
Bir sufiy va hayotda o‘z maqsadini topa olmagan bir yosh qiz o‘zligini anglash, o‘z shaxsini yangidan kashf etish uchun birgalikda yetti kunlik safarga yo‘l olishadi. Ular o‘zlarini oldinda nimalar kutayotganini bilishmaydi. Taqdirdan boshqa ishonadiganlari va suyanadiganlari yo‘q.
Shahardan shaharga yetti kun pulsiz, oziq-ovqatsiz va, eng muhimi, hech qanday rejalarsiz sayohat qilishadi va safar boshlagan joyiga qaytganlarida endi hech narsa avvalgidek bo‘lmasligini anglaydilar.
Yetti kun ichida ham odam o‘zgarishi mumkinmi?..
Taqdirni qayta yozish mumkinmi?..
Albatta, yetti kun ichida hammasi o‘zgarishi mumkin...
Xuddi qamishzordagi bir qamishning ettu bor sayqallanganidan keyin yoqimli ohanglar taratuvchi “nay”ga aylanganidek.

