• Tili: O'zbekcha
• Mualliflar: Harvard business review
• Yozuv: lotincha
• Janri: Biznes-menejment
• Sahifalar soni: 296
• Chop etilgan yiili: 2026
• Muqovasi: qattiq muqova
• ISBN: 978-9910-09-661-7
“HBR: Strategiya” kitobi Harvard Business Review nashrining eng sara g‘oyalari, amaliy maslahatlari va strategik fikrlash bo‘yicha eng muhim maqolalarini jamlagan to‘plam sanaladi. Ushbu kitob rahbarlarga doimiy o‘zgarib turuvchi dunyoda dadil qarorlar qabul qilish va boshqalarni ruhlantirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘rgatadi. Kitobning amaliy ahamiyati shundaki, u strategik rejalashtirish va amalga oshirish o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatib beradi. Ko‘plab kompaniyalar o‘z strategiyalarining faqat bir qismini moliyaviy natijaga aylantira olishini hisobga olsak, ushbu qo‘llanma reja va natija o‘rtasidagi tafovutni kamaytirishga yordam beradi. Strategik bashorat orqali kelajakdagi o‘zgarishlarni oldindan ko‘rish va tashkilotning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlash yo‘llari kitobning yakuniy xulosalaridan biridir.

