Turk adibi Mehmet O‘nder qalamiga mansub ushbu biografik asar buyuk mutafakkir Mavlono Jaloliddin Rumiyning hayoti va ma’naviy kamolotiga bag‘ishlangan. Kitobda Mavlononing kelib chiqishi, ustozlari, hayotidagi muhim tarixiy shaxslar, oilasi, yashash tarzi va yaqinlariga bo‘lgan munosabati haqida ma’lumotlar beriladi.

