Insoniyat tarixi buyuk shaxsiyatlar haqidagi dostonlarga to‘la,
Insoniyatga yo‘l ko‘rsatib kelgan bu yo‘lchi yulduzlar ham inson bo‘lgan.
Insoniylik cho‘qqisi deb ta’riflanishi mumkin bo‘lgan kimsalar odam
degan nomga dog‘ tushirayotgan, dunyoni yashab bo‘lmaydigan holga
keltirayotgan bir paytda ba’zi davrlarda Alloh yuborgan payg‘ambarlar,
ba’zi paytlarda esa ularning izdoshlari bo‘lgan solih insonlar ast
vazifalarini bajarishga, olamni obod qilishga, go‘zallashtirishga,
insonlarga ravon yo‘llarni, yaxshilik va saodatni ko‘rsatishga,
anglatishga, ularni va dunyoni yomonliklardan, chirkinliklardan, turli
ko‘ngilsizliklardan tozalashga intilganlar.
Ushbu turkum ostidagi asarlarimizda, xususan, qo‘lingizdagi
kitobimizda mana shunday insoniyat gultoji bo‘lgan zotlardan bo‘lgan,
Payg‘ambarimizning to‘rt xalifalari sanalgan xulofoyi roshidinlar,
shuningdek, o‘z davrining eng ulug‘laridan bo‘lmish Jaloliddin Rumiy,
Yunus Emro, hoji Bektoshi Valiy va ularning izidan yurganlar haqida so‘z
boradi.
Dunyomizdagi yaxshiliklar va go‘zalliklar sonining ortishiga xizmat
qiladigan shaxslar soni ko‘payaversin degan tilak bilan sizga mutolaa
jarayoni maroqli o‘tsin deymiz.
Agar ushbu kitobdan biror foyda ololsangiz Alloh taolodan, qandaydir
qusurlari bo‘lsa kamina xodimingizdan deb biling.

