“Hayz va nifos hukmlari” — Doktor Saloh Abul Hoj tomonidan yozilgan fiqhiy risola bo‘lib, ayollarning hayz, nifos va istihоza holatlariga oid shar’iy masalalarni tushuntirishga bag‘ishlangan.
Asarda hayz va nifosga oid hukmlar, ularning farqlari hamda istihоza masalalari yoritiladi. Kitobning asosiy maqsadi — musulmonlarga ushbu nozik va muhim masalalarga oid diniy bilimlarni tushunarli tarzda yetkazish hamda ibodat va kundalik hayotda tegishli hukmlarga amal qilish uchun zarur ma’lumotlarni taqdim etishdir. Muallif bu bilim faqat ayollar uchun emas, balki erkaklar uchun ham muhimligini ta’kidlaydi.
O‘zbekcha nashr “Falaq nashr” tomonidan 2026-yilda chop etilgan. Tarjimonlari G‘iyosiddin Habibulloh Abdussami’ va Xayrulloh Abdulbosit Abdulvahid. Kitob 176 betdan iborat.

