Kitob o'zbek adabiyotida deyarli yoritilmagan mavzu - uchuvchilar hayotiga bag'ishlanadi. Majoziy ma'noda "samo lochinlari" deb ataladigan ushbu mashaqqatli kasb egalarining muntazam mardlik va matonat talab etadigan faoliyati, ularning favqulodda holatlardagi qalb kechinmalari, qat'iyat va irodasi, sevgi va burchga sadoqat tuyg'ulari chuqur dramatizm bilan tasvirlanadi.
Kutilmagan, shiddatli voqealarga boy, keskin syujet yo'nalishiga ega hikoyalarda bosh qahramonlarning ma'naviy jasorati va insoniy ojizliklari, odamzod ruhiyatining sirli jumboqlari uch xil betakror xarakter, uch xil qismat timsolida yorqin namoyon bo'ladi.

