Ba'zan qisqa bir tanaffus insonni yanada uzoq yo'llarni
bosib o'tishga tayyorlaydi... To'xtamaslik, dam olmaslik va
doimo shoshilish ko'proq narsani yo'qotishga sabab
bo'ladi.
Agar atigi bir necha daqiqaga bo'lsa ham hayotni "sukut
rejimi"ga o'tkaza olsang, shikoyat qilayotgan narsalaring
o'zgarishni boshlaydi. Yechimsiz shovqinlar jim bo'lganida,
ilhomga to'la pichirlar eshitila boshlaydi.
Yashashning o'zi boshdan-oyoq bir sir, sukunat ortida esa
undan ham ulkan bir sir yashirin...
O'zingga yo'l ko'rsat va biroz uzlatga chekinib,
sukunatdan kuch ol. Yelkangdagi yuklardan, ongingni xira
qilayotgan o'ylardan, seni o'zingdan begonalashtirayotgan
barcha narsalardan uzoqlash. Hayotingga go'yo qayta
"format" berish imkonini yarat.
O'zing bilan yolg'iz qolish qo'rqinchli bo'lgani kabi
hayajonli hamdir... Balki yoqimsiz haqiqatlarga ham duch
kelasanu, ammo ishon o'zingni o'zingga
hayratlantiradigan jihatlarni ham kashf etasan.
-

