Ushbu kitob keng kitobxonlar jamoasiga mo‘ljallangan, u shaxsning shaxsiy va ruhiy rivojiga xizmat qiladi. Kitobda inson ruhiyati hamda shaxsiy kamoloti rivoji tafakkur orqali ekanligi ilgari surilgan.
Undan o‘quvchilar, talabalar, uy bekalari, psixologlar, turli xil yoshdagi va turli xil kasb egalari foydalanishlari mumkin. Zero, inson shaxsiyati rivoji butun umr davom etadigan jarayon. Inson tafakkuri imkoniyatlari XXI asr oldidagi kashf etilishi kerak bo‘lgan oliy masala hisoblanadi.
Shunday ekan, ushbu qo‘llanma, inson tafakkurini rivojlantirish va imkoniyatlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega.

