Hayot binosining ijarachisi" Horun Serkan Oqtosh
Hayot odatda juda ko’p ifodalar bilan tasvirlashadi. Uni gohida daryoga o’xshatishsa, gohida uzun yo’lga mingzishadi . Ammo, keling, tasavvur qilaylikki, Hayot bir bino bo’lsin. Xo’sh, sizingcha, bu devorning poydevori nimadan iborat bo’ladiyu devorlari qanday qurilgan bo’ladi? Tomi-chi, uni qanday tasavvur qilsak ekan? Va hammasidan so’ng bizning umrimiz hayot binosining nechanchi qavatida joylashgan bo’lardi?
Horun Serkan Oqtoshning ushbu kitobini o’qirkansiz, hayot binosi, uning qavatlaridan biridagi umringiz haqida chuqur o’yga tolasiz. Bu hayotda nega yashayotganimiz, umrning mazmun-mohiyati nima ekanligiyu uni qanday yashash lozimligi haqidagi o’ylar sizni chalg’itadi. Kitobni yakunlagach amin bo’lasizki, hayot mazmunini anglay olganlar dunyodan beiz va nom-nishonsiz o’tmaydilar.

