Arukariya – uy sharoitida parvarish qilinsa ham yashil va yumshoq shoxlarini saqlab turadigan tirik xona archasi. Namlikni yaxshi ko‘radi, xona havosini tozalaydi va tabiiy kislorod chiqarib, uyga sof atmosfera beradi. Yil davomida yashil bo‘lib turadi, uy bezagi sifatida juda chiroyli ko‘rinadi. Parvarishi oson: yorug‘ joyni yoqtiradi, haftasiga 1–2 marta sug‘oriladi. Uy, ofis, balkon va interyerga mos o‘simlik.

