⚠️ Muhim eslatma!
Hurmatli xaridorlar!
Ushbu chexollarni o'zingiz o'rnatmasligingizni tavsiya qilamiz. To'g'ri va chiroyli natijaga erishish uchun chexolni avto chexol o'rnatish ustalariga (ustanovkachi) o'rnattiring.
Noto'g'ri o'rnatilgan chexol mashinaga tushmayotgandek yoki yaxshi turmayotgandek ko'rinishi mumkin. Professional o'rnatilganda esa chexol avtomobil o'rindig'iga to'liq mos tushadi va estetik ko'rinishga ega bo'ladi.
Sizning qulayligingiz va mahsulotdan maksimal darajada mamnun bo'lishingiz uchun professional o'rnatishni tavsiya qilamiz.
Haval M6 avtomobili uchun maxsus o‘lchamda ishlab chiqarilgan ushbu imennoy chexol saloningizga zavod uslubidagi mukammal ko‘rinish beradi.
Chexolning markaziy qismi yuqori sifatli, yupqa va havo o‘tkazuvchi matodan tayyorlangan. Bu yozda issiqni kamroq ushlab qoladi va uzoq vaqt haydash davomida maksimal qulaylik yaratadi.
Yon qismlari sifatli Eco Koja bilan ishlangan bo‘lib, mustahkamligi va nafis ko‘rinishi bilan ajralib turadi.
Old o‘rindiqlarning orqa tomoni ham Eco Koja bilan to‘liq qoplangan. Shu sababli yo‘lovchilarning oyoq izi yoki kirlari oddiy nam mato bilan oson artiladi va salon doimo ozoda saqlanadi.
✅ Haval M6 uchun maxsus ishlab chiqarilgan (Imennoy model)
✅ Zavod o‘lchamlariga to‘liq mos keladi
✅ Yupqa va havo o‘tkazuvchi premium mato
✅ Yon qismlari sifatli Eco Koja
✅ Old o‘rindiq orqa tomoni Eco Koja bilan qoplangan
✅ Oyoq tegadigan joylari juda oson tozalanadi
✅ Nafis dizayn va mukammal tikuv sifati
✅ Kundalik foydalanish uchun qulay
✅ Salonni eskirish va ifloslanishdan himoya qiladi

