• Muallif: Luiz Prats Martines
• Janr: Badiiy adabiyot, hayotiy hikoya, drama
• ISBN: 978-9910-9562-1-8
• Tili: O‘zbekcha
• Yozuvi: Kirillcha
• Betlar soni: 148
• Muqova turi: Qattiq
• O‘lchami: 13.5×20.5 sm
• Nashriyot: "IQRO NASHR"
• Chop etilgan yili: 2025
📚 Hatiko — Luis Prats Martinez
📝 Kitob haqida
Bundan 100 yil muqaddam bir kuchuk bilan professor o'rtasida butun dunyoga saboq bo'la oladigan do'stlik rishtalari bog'langan edi. Hech qancha o'tmay, vafodor itning mehribon xo'jayini to'satdan vafot etib qoladi. Natijada ikki do'st bir-birlaridan ayrilib qoladilar. Biroq kuchuk degan jonivorga o'limni qanday tushuntirish mumkin?! Shu bois Hatiko eng yagin insonini 10 yil doimiy uchrashadigan joyidan qimirlamay kutadi. Har kuni, bir xil vaqtda, belgilangan yerda...
Bir necha asrlardan buyon itlar odamlarning eng yagin do'stlari sanalib kelgan. Bunday mustahkam bog'larning ba'zilari hatto tillarda doston bo'lgan. Sadoqatli jonivorlar haqida o'nlab kitoblarni misol keltirishimiz mumkin. Bekatda poyezd relslariga nigohlarini qadab, umrining so'nggi lahzasiga qadar yo'lga termulgan bu qahramonimizga Yaponiyada haykal o'rnatildi. Bu voqea nafaqat, yaponlarning, balki butun xalglarning qalbidan chuqur joy oldi.
Hatiko bizlarga yaginlarimizdan hech qachon voz kechib ketmaslikni o'rgatdi va buni o'z hayotida namuna qilib ko'rsatdi. Sadoqat va vafoni, umid va ishonchni, sabr va mas'uliyatni, xususan, do'stlikning haqiqiy ma'nosini o'rgatib ketdi. Suyganlarimizni va yaqinarimizni aslo unutmaslikni, ularga hamisha g'amxo'rlik qilish bizning insoniy burchimiz ekanini qoldirib ketdi.
Rahmat senga, Hatiko!💭
🌱 Asarning asosiy g‘oyasi
Sadoqat — eng buyuk qadriyat
Haqiqiy do‘stlik vaqt va masofaga bog‘liq emas
Mehr va muhabbat hech qachon yo‘qolmaydi
Sabr va kutish — sevgi belgisi
💙 Nima uchun o‘qish kerak?
✔ Juda ta’sirli va yurakka yaqin hikoya
✔ Sadoqat va do‘stlik haqida chuqur saboq beradi
✔ O‘quvchini mehribonlikka undaydi
✔ Har qanday yoshdagi kitobxon uchun mos
📖 Kimlar uchun mos?
Bolalar va o‘smirlar
Yoshlar
Hayotiy hikoyalarni yoqtiradiganlar
Hayvonlarni sevuvchilar
💬 “U har kuni kutdi… chunki u sevardi.”
Bu fikr kitobning butun mazmunini ifodalaydi va o‘quvchini befarq qoldirmaydi 💙

