Rivoyat qilinishicha, Imom Molikning roviylaridan biri - Yahyo Laysiy Andalusdan u zotga shogird tushish uchun keladi. Ilm majlisida ishtirok etarkan, kutilmaganda talabalar " Fil, fi-i-il!", deya hayqirib Imom Molikning izini ham kutmasdan, ko‘chadan o‘tayotgan bir filni ko‘rgani chiqib ketishadi. Imom Molik Yahyodan: "Sen nega ular ko‘rishga oshiqqan narsaga qiziqmading?" deb so‘raydi. U esa: "Men Andalusdan sizni ko‘rish uchun keldim, filni emas," deb javob beradi. Shunda Imom Molik: "Alloh senga barakot bersin! Ilmni ulug‘laganning sha’ni ulug‘ bo‘ladi", deya uning haqqiga duo qildi. Darhaqiqat, u keyinchalik Imom Molikning mashhur roviylaridan biriga aylandi. "Oqshom go‘zalliklari” kitobidan
ISBN : 9789910938382
Muqova materiali : Qog‘oz
Qog‘oz formati : A5
Muqovasi : Yumshoq
Betlar soni : 478
Ishlab chiqaruvchi mamlakat : O‘zbekiston
Chop etilgan yili : 2025
Nashriyot : Falaq nashr
Yozuv : Kirillcha
Til : O'zbekcha
Sahifalar yuzasi : yaltiroq
Muallif : Ҳассон Шамсий Пошо

